Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada Hayit namozi o‘qilmasligi ma’lum qilindi
20.05.2020 07:17,  
406

Ramazon hayiti kuni Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasining Moskva va boshqa mintaqalardagi masjidlari yopiq bo‘ladi.

Ramazon hayiti kuni Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasining Moskva va boshqa mintaqalardagi masjidlari yopiq bo‘ladi. Bu haqda Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi, Muftiylar kengashi raisi shayx Ravil Gaynutdin musulmonlarga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, masjidlar yana ko‘p odamlar virus yuqtirib olishi uchun sharoit yaratmasligi sabab yopiq bo‘ladi. Jamoat namozidan ko‘p odamlarning o‘limi va azobiga sabab bo‘lmaslik uchun ixtiyoriy ravishda voz kechilgan.

Muftiy musulmonlarni bu yilgi Ramazon hayitini uyda nishonlashga chaqirgan va Qurbon hayitini esa birgalikda jamoat bilan o‘qish nasib etishiga umid bildirgan.

“Biz, Moskva Jome masjidi imomlari, 2020 yil 24 may, Ramazon hayiti kuni musulmonlar odatini o‘zgartirmaslik uchun cheklangan kishi bilan ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda bayram namozini ado etamiz”, — deyiladi shayx Ravil Gaynutdin murojaatida.

Qayd etish joizki, O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi yoki o‘qilmasligi to‘g‘risidagi qaror hozircha e’lon qilinmagan.

Muftiy Hayit namozi qanday o‘qilishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi (video)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан