Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada ko‘p qavatli bino portlab, uning devori qulab tushdi (video)
4.12.2019 10:46,  
682

Kecha 3 dekabr kuni, Rossiyaning Belgorod viloyatida gaz chaqnashi oqibatida porlash sodir bo‘ldi. Natijada 4 qavatli binoning devorlaridan biri butunlay qulab tushdi.

Mahalliy qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, portlash natijasida jarohatlangan 2 kishi darhol kasalxonaga olib ketilgan, shundan so‘ng yana 4 kishi va 1 ayol shifoxonaga olib borilgan. Bemorlardan biri bosh qismidan og‘ir jarohat olgani aytilmoqda.

4 qavatli turar joy binosidagi portlashdan so‘ng devorlarning qulashi esa tasodifan video kameralarga tushib qolgan.

Jarohat olganlardan tashqari binoda qolgan 24 kishi ham evakuatsiya qilingan. Belgorod viloyati gubernatori voqea joyiga tashrif buyurib, vaziyatni ko‘zdan kechirgan va barcha jabrlanganlarga kerakli yordam berishga topshiriq bergan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан