Valyuta kursi: O'z.R.Markaziy banki
USD
AQSH dollari
EUR
Evro
RUB
Rossiya rubli
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

So'nggi yangiliklar








Rossiyada koronavirus avj olib ketishining asosiy sababi aytildi
27.10.2021 18:57,  
491

Bugun dunyoning qator mamlakatlarida pandemiyaning yangi to‘lqini avj olishi oqibatida koronavirus bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari kun sayin ortib bormoqda. 

Jumladan, Rossiya Federatsiyasida 26 oktyabr holatiga ko‘ra, bir kecha-kunduzda 36 ming 446 kishida COVID-19 virusi aniqlangan va ulardan 1 ming 106 nafari hayotdan ko‘z yumgan. 

Tabiiyki, ushbu holat barchani jiddiy xavotirga solmoqda. O‘z navbatida, vaziyatning bu qadar ayanchli tus olishiga sabab bo‘lgan omillar tahlil qilinyapti. 

Rossiyadagi yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlaridan birining laboratoriya rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Kostinovning ma’lum qilishicha, hammasi mamlakatda koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet shakllanmagani bilan bog‘liq. Chunki bu yerda aholini emlash darajasi past.

Kostinovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 ga qarshi uchta vaksina qo‘llanilyapti. Biroq aholi orasida emlanishni xohlamayotganlar yoki paysalga solayotganlar ko‘p. Oqibatda ular vaqt o‘tib baribir ushbu kasallikka chalinishyapti. Shu tufayli virusning yangi mutatsiyalari paydo bo‘lishi uchun imkoniyat ham yuzaga kelmoqda. 

To‘g‘ri, mamlakatda emlanganlar orasida ham ba’zan koranavirusni yuqtirish holatlari uchramoqda. Ammo ularda kasallik ancha yengil o‘tyapti va asoratlar kam. Shu ma’noda, ommaviy immunitet COVID-19 ni to‘liq bloklash imkonini beradi, deyishmoqda mutaxassislar.

Tavsiya etamiz








Tavsiya etamiz

Har doim xabardor bo'ling!

carzone.uz. mobil ilovalarini ko'chirib oling va barcha yangiliklar siz bilan