Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada koronavirus bilan zararlanish holati 500 mingga yetdi
11.06.2020 12:53,  
147

Rossiyada kuniga aniqlangan koronavirus infeksiyasi soni 8779 ni tashkil qilmoqda, kasallanganlarning umumiy soni esa 502,436 ga yetdi.

Mamlakatda zararlanishlar sonining kunlik o‘sishi 1,8% ni tashkil etmoqda, bir kun oldin u 1,7% ni tashkil qilgan.

Koronavirusdan vafot etganlar soni 174 ga oshdi va hozirda 6 532 tani tashkil etmoqda. Rossiya koronavirusga qarshi kurash bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etganlarning umumiy soni Rossiyada koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar sonining 1,3% ni tashkil qiladi.

Hozirda Rossiyada koronavirus yuqtirgan bemorlarning 52 %i butunlay tuzalib ketdi. Mamlakat koronavirus holatlari soni bo‘yicha AQSh (2 mln.dan ortiq), Braziliya (772 416) dan keyin uchinchi o‘rinda turadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан