Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada koronavirusning 1,5 mingga yaqin mutatsiyasi aniqlandi
16.01.2021 10:59,  
147

«Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popova Rossiyada koronavirusning 1,5 mingga yaqin mutatsiyasi aniqlanganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Kommersant’». Uning so‘zlariga ko‘ra, garchi ba’zi taxminlar mavjud bo‘lsa ham, hozirda hech kim pandemiya qachon tugashini ayta olmaydi.

«Bu muhim mavzu, biz uning ustida ishlayapmiz, albatta. Bugungi kunga kelib biz deyarli 1,5 mingga yaqin mutatsiyalarni aniqladik», — dedi Anna Popova. Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyoda koronavirusning o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish bilan Saratovning «Mikrob» instituti shug‘ullanmoqda.

«Bugun qator mamlakatlarda, asosan, Yevropada ko‘p gapirilayotgan o‘zgarishlar sentyabr oyidayoq ko‘ringandi. Shu kabi yoki juda o‘xshash o‘zgarishli dastlabki topilmalar iyun oyidayoq bo‘lgan», — deb qayd etgan «Rospotrebnadzor» rahbari.

Popova pandemiyaning tugash sanasini «yetti muhrli sir» deb atadi. «Garchi hozirda prognozlar mavjud va yangi koronavirus infeksiyasi uchun epidemiologik vaziyat haqidagi tushuncha shakllanib bo‘lgan bo‘lsa ham», — degan u.

12 yanvar kuni «Rospotrebnadzor» matbuot xizmati koronavirusning aniqlangan barcha mutatsiyalari virus genomining atigi 0,1 foiziga ta’sir qilishi haqida xabar berdi. Bunday o‘zgarishlar diagnostika yoki vaksinatsiyaga ta’sir ko‘rsata olmasligi qo‘shimcha qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан