Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada lagerlarda yashayotgan 2000 ga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarimoqda
7.08.2020 09:22,  
110

Rossiya Federatsiyasining Samara va Orenburg viloyatlarida Qozog‘iston bilan chegarada to‘planib qolgan ikki mingga yaqin o‘zbekistonliklar mamlakatga qaytarilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar beradi.

Toshken – Buzuluk – Toshkent yo‘nalishidagi poyezd 918 nafar yo‘lovchi bilan kecha tunda (6 avgust) O‘zbekiston tomon yo‘lga chiqdi. 

Toshkent – Kinel – Toshkent yo‘nalishidagi poyezd esa 7 avgust kuni 918 nafar yo‘lovchilar bilan tushdan so‘ng Vatanimiz tomon harakatlanishni boshlaydi. Ushbu reys chiptalari faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Buzuluk va Kinel vokzallarida sotildi. Buzuluk - Toshkent yo‘nalishidagi chiptalar narxi 1 287 000 so‘m (9. 259 rubl), Kinel - Toshkent – 1 357 000 so‘m (9. 761 rubl) dan. Yo‘l davomida yo‘lovchi poyezdlar faqat texnik ko‘rik uchun to‘xtatiladi, ya’ni stansiya-vokzallarda yo‘lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Poyezdlar O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.

Xabar qilinishicha, ushbu reyslarda olib kelingan yo‘lovchilar poyezdlardan tushishi bilanoq Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi.

6 avgust kuni Rossiyaning Mash Internet nashri Samara viloyatidagi antisanitar sharoitdagi lagerlarda yashayotgan mehnat muhojirlari haqida lavha tayyorlagan edi. Lavhada migrantlardan biri avvalgi reyslardagi poyezdga chipta olgani, biroq poyezdda uning o‘rniga boshqa odam O‘zbekistonga qaytgani haqida gapirgan edi.

Vazirlik shuni nazarda tutib "ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida mazkur yo‘nalishda tashkil etilgan poyezdlarga chiptalar turli xil korupsion sxemalar orqali sotilish holatlari kuzatilayotgani to‘g‘risida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Transport vazirligi yo‘lovchilardan bordi-yu, chiptalarni harid qilish vaqtida noqonuniy hatti-harakatlar sodir etilishi bilan bog‘liq vaziyatlarga duch kelgan taqdirda vazirlikning 1167 qisqa raqamli ishonch telefoniga, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (71) 299-94-50  ishonch telefoniga murojaat etishlarini so‘rab qolamiz", deb o‘z ishonch telefonlarini taqdim etdi.

Mash Telegram kanali tayyorlagan video lavhada ko‘plab muhojirlar shaxsiy avtoulovlari bilan lagerlarda qolgani ko‘rsatilgan edi. Ular orasida Samarqand, Andijon, Xorazm viloyatlari raqamlarni bor edi. Poyezdlar qatnovi yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgach, ularning holi nima bo‘ladi? Ular avtomobilini qoldirib, poyezdda qaytib keladimi yoki avtomobili bilan birgalikda Samarada qoladimi? Shu savolga aniqlik kiritish maqsadida vazirlik ishonch telefonlari hamda axborot xizmati (71-202-05-00) bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdik. Biroq ko‘rsatilgan uchchala raqamda ham faqat avto-javob bergich bilan gaplasha oldik. Biz Transport vazirligidan shu masalaga ham oydinlik kiritishini so‘raymiz.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан