Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada migrantlar o‘z hisobidan deportatsiya qilinishi mumkin
4.04.2019 16:24,  
15

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi migrantlarni deportatsiya qilish yoki mamlakat hududidan ma’muriy chiqarib yuborish harajatlari ularning o‘zlari tomonidan qoplanishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Ushbu o‘zgartirish «Xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasidagi huquqiy holati» qonuniga kiritilishi mumkin.

Loyiha mualliflarining qayd etishicha, deportatsiya qilingan xorijiy fuqaro federal byudjet tomonidan uning deportatsiyasi munosabati bilan qilingan harajatni qoplashi shart bo‘ladi. Ayni damda ushbu majburiyat Rossiya qonunchiligida ko‘zda tutilmagan. Qonun qabul qilingan taqdirda ushbu o‘zgartirish iyul oyidan kuchga kirishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан