Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada migrantlar uchun til va tarixdan imtihon tartibi o‘zgaradi
9.01.2021 12:09,  
341

Rossiyada yashash va ishlash istagidagi chet elliklar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirishning yangi qoidalari o‘rnatiladi. 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, imtihonlarning murakkablik darajasi esa chet el fuqarosining mamlakatda bo‘lish maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu tartib Duma tomonidan qabul qilingan hukumat qonunida belgilangan.

Hozirgi vaqtda Rossiyaning hududiy boshqaruvi ushbu imtihonni o‘tkazuvchi ta’lim muassasalari ro‘yxatini hamda imtihonni o‘tkazish tartibi va shaklini belgilash huquqiga ega. Yangi qonunga muvofiq, imtihonlar rasmiy ro‘yxatga kiritilgan ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilib, tegishli sertifikat beriladi.

Shu bilan birga, sertifikatning amal qilish muddati uni olish maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, vaqtinchalik yashash yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish istagidagi chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 180 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан