Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga ish topib beruvchi xizmat ishga tushirildi
30.04.2020 14:27,  
396

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatish xalqaro assotsiatsiyasi (Rossiya) hamkorligida karantin davrida Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi xizmat joriy yil aprel oyi boshida sinov rejimida ish boshlab, 20 apreldan to‘liq ishga tushdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida ishlash uchun murojaat qilgan 400 nafarga yaqin fuqarodan 80 nafari ish bilan ta’minlandi.

Salohiyatli ish beruvchilar va ishlash istagidagi xorijiy fuqarolar o‘rtasida aloqani ta’minlash uchun ko‘p tilli koll-markaz va tegishli ma’lumot kanallari yaratildi. Kanallarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar joylashtirilmoqda, koll-markaz savollarga javob beradi va ishga joylashish uchun arizalarni qabul qiladi.

Koronavirus tufayli 2020 yil 18 apreldan boshlab Rossiyadagi mehnat migrantlarining huquqlari kengaytirilgan: 2020 yil 15 iyungacha fuqaroligi, vizasi, ishlash uchun ruxsatnoma va patenti yo‘q shaxslar ro‘yxatga olingan joyidan qat’iy nazar Rossiya Federatsiyasining istalgan joyida ishlashi mumkin.

Bu bo‘yicha koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan Rossiya prezidentining tegishli farmoni qabul qilingan.

Biroq, ushbu choralarga qaramay, rossiyalik ish beruvchilar iqtisodiyotning pasayishi va patentsiz ishchilar sababli ma’muriy jarimalar to‘lashning oldini olish uchun, chet el fuqarolarini ishga olishga ehtiyotkorlik bilan qaramoqda. Shu o‘rinda ishchi migrantlar ham ishonchsiz ish beruvchilar tomonidan aldanib qolish ehtimolidan xavotirda.

2020 yil 15 martgacha Rossiya Federatsiyasi migratsiya qonunlariga rioya qilgan va mamlakatda qonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari ushbu xizmatdan foydalangan holda ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega.

Hozirgi bosqichda axborot resurslarida asosan qadoqlash, yuklarni joylashtirish va qishloq xo‘jaligi sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati taqdim etilgan. Tekshirilgan bo‘sh ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: https://t.me/ish_ru

Mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatish xalqaro assotsiatsiyasi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Barcha savollar va takliflar uchun:

Koll-sentr: + 7 (499) 430 00 87

Telegram bot: @Ish_bor_Rossiya_bot

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан