Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga 2020 yil 15 dekabrgacha imtiyozlar beriladi
23.09.2020 10:48,  
125

Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsadida O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi M.Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, politsiya general-polkovnigi A.Gorov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi hududidagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining holati, xususan, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining amal qilish muddati uzaytirilishi rejalashtirilayotgan 2020 yil 18 apreldagi “Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 274-sonli farmoniga alohida urg‘u berildi.

Rossiya tomonining ma’lum qilishicha, ushbu farmonga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi hududida nolegal bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxatdan o‘tish va ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan (15 martgacha yoki undan keyin) qat’i nazar yashash manzili bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi IIV organlariga murojaat qilib, 2020 yilning 15 dekabriga qadar mamlakatda bo‘lishni qonuniylashtirishi mumkin.

Fuqarolarga nisbatan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qo‘llanilmaydi.

Shu munosabat bilan, Rossiya hududida nolegal holatda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini berilgan huquqlardan foydalanib, mamlakatda bo‘lishini qonuniylashtirishga chaqiramiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан