Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada pandemiya boshidan buyon bir sutkada rekord darajada odam vafot etdi
10.11.2021 08:52,  
157

Rossiyada o‘tgan bir kecha-kunduz davomida 1211 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda mamlakatning COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha federal tezkor shtabiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Bu koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri Rossiyada qayd etilgan mutlaq maksimal ko‘rsatkich. Avvalgi eng ko‘p o‘lim holatlari 5 noyabr kuni kuzatilgan, o‘shanda 1192 kishi COVID-19 dan vafot etgan.

Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi 85 ta hududda o‘tgan sutkada yana 39 160 kishida koronavirus aniqlangan.

COVID-19 bilan kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha yetakchi hududlar:

  • Moskva — 5287 kishi;
  • Moskva viloyati — 2818;
  • Sankt-Peterburg — 2680;
  • Samara viloyati — 1783 yil;
  • Qrim Respublikasi — 803 kishi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан