Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada politsiya xodimini urgan o‘zbekistonlik o‘n yilgacha qamalishi mumkin
12.09.2019 16:43,  
179

Sankt-Peterburgda politsiya xodimini do‘pposlagan o‘zbekistonlik mehnat muhojiriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va u qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 9 sentyabr kuni yo‘l-patrul xizmati hujjatlarni tekshirish uchun bir avtomashinani to‘xtatgan. Unda ikki nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. Politsiyachilar hujjatlari yo‘qligini aytgan muhojirlarni politsiya bo‘limiga olib ketmoqchi bo‘lganlarida, o‘zbekistonliklardan biri politsiyachini do‘pposlagan.

Ayni paytda politsiya xodimi kasalxonada ekani bildirildi. Muhojir hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda. Bu ayblov asosida O‘zbekiston fuqarosi 10 yilgacha qamalishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан