Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada «Putin konstitutsiyasi» va «nollashtirish»ga qarshi namoyishlar bo‘lyapti (fotojamlanma)
3.07.2020 18:58,  
1047

Kuni kecha Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ovoz berish protokollarini ko‘rib chiqishni yakunladi.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasida natijalar e’lon qilinmoqda

Mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar 77.92% rossiyaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, qarshilar 21.27%. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jami saylovchilarning ishtiroki 65% tashkil etgan.

Rossiyaliklarning katta qismi "Putin konstitutsiyasi"ni qo‘llab-quvvatladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ovoz berish jarayonida

Rossiya konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bilan mamlakatning amaldagi prezidenti Vladimir Putinning avvalgi saylangan muddatlari «nollashtiriladi» va janob Putin yana ikki bor o‘z nomzodini Rossiya prezidentligiga ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.

Putin va Lavrov tashqi siyosatning sharmandali yakuni

Hukumat yangi tuzatishlar sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini yaxshilashga olib kelishini aytmoqda. Shuningdek, o‘zgartirishlar amaldagi rahbarga yangi muddatga saylanish imkonini ham beradi. Putinning matbuot kotibi Dmitry Peskov referendum natijalarini «g‘alaba» deya ta’riflagan.

Rossiyaning bir qancha shaharlarida sog‘lom fikrli yoshlar va xalq konstitutsion tuzatishlarga qarshi namoyishlar o‘tkazib kelmoqda.

Quyida rus matbuotining o‘zida yoritilmayotgan rossiyaliklarning noroziliklari aks etgan rasmlarni ko‘rishingiz mumkin.

Shuningdek, Rossiyadagi muxolifatchi Aleksandr Navalniy ham referendum natijalari ishonarli emasligini ta’kidlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан