Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada qizlarni zo‘rlab kelgan bir guruh o‘zbekistonliklar jazolandi
15.04.2019 18:35,  
30

Rossiyaning Voronej shahrida qizlarning nomusiga tekkan uch nafar o‘zbekistonlik sud qilindi. Bu haqda shaharning Markaziy tuman sudi matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, uch nafar O‘zbekiston fuqarosi 2017 yilning sentyabr oyida Voronej shahrida oldindan til biriktirib, jinoyat sodir etishga kelishib olgan. Jinoyatchilar 19 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar qizlarga nisbatan bosqinchilik va nomusga tegish jinoyatlarini sodir etgan.

Sud jinoyatchilarni ushbu jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi. Sud hukmiga ko‘ra, ulardan biriga o‘n yil, ikkinchisiga to‘qqiz yil, uchinchisiga esa to‘rt yil-u olti oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, jabrlanuvchilar foydasiga ikki million rubldan ortiq ma’naviy zarar va 22 ming rubl moddiy zarar undirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан