Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada qurbon bo‘lgan to‘rt o‘zbekistonlik yuzasidan ma’lumot berildi
14.11.2021 15:55,  
334

13 noyabr kuni Moskva viloyatining Solnechnogorsk shaharchasi Pribrejnaya ko‘chasida joylashgan quruvchilarning vaqtincha turar joyida yong‘in yuz bergan va unda to‘rt hamyurtimiz vafot etgani xabar berilgandi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi ushbu holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan aloqa o‘rnatdi.

Yong‘in oqibatida ushbu vaqtincha turar joyda yashab kelgan mehnat migrantlari orasida 2 kishi jarohat olgan va 4 kishi vafot etgan.

Hozirgi vaqtda vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritildi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari (Sh.A. 1969 y.t., E.U. 1998 y.t., Sh.K. 1987 y.t., A.R. 1998 y.t.).

Ushbu holat nozoratga olingan va vafot etgan yurtdoshlarimiz jasadlarini Vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан