Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada sotilayotgan UzAuto Motors avtomobillarining narxlari e’lon qilindi
15.06.2020 16:05,  
10938

"UZAUTO MOTORS" AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2020 yilni 15 iyunda General Motors bilan tuzilgan kelishuv doirasida UzAuto Motors Rossiya Federatsiyasida Chevrolet rusumli ommaviy avtomobil segmentini sotuvi boshladi.

"Rossiyalik xaridorlarga taqdim etiladigan ilk modellar Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt bo‘ladi" - deyiladi kompaniya xabarida.

«UzAuto Motors» rasman avtomobil narxlarini oshirdi (yangi narxlar)

UzAuto Motors'ning Rossiya bozoridagi rasmiy distribyutori «Keles Rus» MChJ avtomobillarni quyidagi narxlarda sotmoqda:

"Chevrolet Spark — bu Rossiya avtomobillar bozorida avtomat uzatmali A sinfiga mansub eng raqobatbardosh model taklif sanaladi. Ixcham Spark shahar xetchbeki 1,25 litr (85 ot kuchi) dvigatel va Yaponiyaning AISIN Seiki Co Ltd. ishlab chiqaruvchisidan avtomatik uzatma bilan jihozlangan. Model uchta komplektatsiyada mavjud: LS AT, LT AT va LTZ AT. Narxi 719 900 rubldan. (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 105 million so‘m atrofida)

V sinfiga mansub Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt 6 bosqichli avtomat uzatma qutisi mavjudligi bilan ajralib turadi, Cobalt esa boshqa qulayliklar bilan bir qatorida qulay, keng ichki va eng katta yukxonasiga (563 litr) egaligi bilan iste’molchi uchun muhim.

1,5 litr (105 ot kuchi) dvigateliga ega Chevrolet Nexia to‘rt komplektatsiyada taqdim etilgan: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT modellarida taqdim etiladi. Narx 699 900 rubldan (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 101,7 million so‘m atrofida).

1,5 litrli dvigatelga ega (106 ot kuchi) Chevrolet Cobalt to‘rt komplektatsiyada mavjud: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT. Narxi 749 900 rubldan (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 109 million so‘m atrofida)

Shuningdek, savdo boshlanishi bilan bir vaqtda «Keles Rus» MChJ hamkorlar bilan birgalikda Chevrolet modellarini imtiyozli shartlarda sotib olishni ta’minlaydigan bir qator moliyaviy dasturlarni va treyd-in (mijozning avtomobilini yangisiga almashtirish) yo‘lga qo‘yishini ma’lum qilgan.

"UzAuto Motors" avtomobillarining O‘zbekistondagi eski va yangi narxlari:

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан