Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada Stalinning o‘limi munosabati bilan mushakbozlik uyushtirildi (video)
6.03.2020 10:32,  
904

Rossiyaning Yekaterinburg shahri markazida bir guruh faollar sho‘ro dohiysi Iosif Stalinning o‘limi munosabati bilan mushakbozlik uyushtirdi. Bu haqda Znak nashri xabar beradi.

“Stalin davrida amalga oshirilgan dahshatli qatag‘onlar hech qachon unutilmasligi kerak. Dunyoda boshqa biror bir mustabid u kabi dahshatli qatliomlar uyushtirmagan. Shu bois u o‘lgan kun milliy ozodlik bayramiga aylanishi kerak.

Zero, u o‘lmaganda edi, qurbonlar soni yanada ko‘p bo‘lishi muqarrar edi”, degan mushakbozlik tashkilotchilaridan biri.

MAVZUGA DOIR: Sovet hokimiyatining o‘z xalqiga qarshi vahshiyona jinoyatlari

Prezident Vladimir Putin kommunist dohiysi Stalin shaxsiga ehtirom bilan munosabatda bo‘lib kelayotgani ma’lum. Shunga ko‘ra, Stalin o‘limi munosabati bilan mushakbozlik o‘tkazilishiga mahalliy ma’murlar qarshilik qilishi kutilgan edi. Ammo bu orada Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev SSSR rahbari o‘limi kunida mushakbozlik uyushtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Gubernator o‘z fikrini izohlar ekan, Stalinni “ziddiyatli shaxs” deb atadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан