Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada sun’iy idrok yordamida koronavirus tarqalish modeli tuzildi
4.03.2020 17:05,  
716

Rossiyada sun’iy idrok yordamida koronavirus tarqalishining matekamik modeli ishlab chiqildi. Bu haqda ushbu loyihani amalga oshrigan Sberbankning ma’lumotlarini o‘rganish markazi rahbari Maksim Eremenko ma’lum qildi deb xabar beradi Interfax agentligi.

Prognoz qiladigan model GLEAM deb nomlanadi.

Eremenkoning so‘zlariga ko‘ra, model alohida hududdagi hukumat, sog‘liqni saqlash boshqarmasi takliflariga qarab virus bilan kurashishning turli ssenariylarini taklif qiladi. 

Modelni ishlab chiqqan mutaxassislar “qiziqarli kuzatuv”ni amalga oshirgan: ba’zi mamlakatlarda "Xitoyga safar qilgan aholining ayrim guruhlarining diniy va madaniy xususiyatlari infeksiyaning tarqalishiga katta hissa qo‘shgan".

Shuningdek, ob-havo ham virus tarqalishiga ta’sir qiladi. Virus sovuq havoda tezroq tarqaladi.

40 yoshgacha bo‘lgan odamlarda virusning yashovchanligi past va bu yosh doirasidagi odamlarda virus tufayli vafot etish holati juda kam kuzatiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан