Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada "UzAutoMotors" mashinalari yonib ketdi
13.12.2021 15:12,  
321

Ijtimoiy tarmoqlarda  Rossiyada "UzAutoMotors" ishlab chiqargan avtomobillarni olib ketayotgan avtotreyler yonayotgani videosi tarqaldi. 

Voqea Rossiyaning Moskva viloyatida sodir bo‘lgan. Bu haqda "UzAutoMotors" matbuot xizmati bayonot berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida sodir bo‘lgan, shundan so‘ng alanga avtomobillar bo‘lgan treylerga o‘tgan. Yong‘in oqibatida 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko‘rgan. Hodisa natijasida avtotreyler haydovchi jabrlanmagan.

Voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib o‘tish vaqtida sodir bo‘lgan. Barcha tashilgan avtomobillar sug‘urtalangan bo‘lib, ular rossiyalik mijozga tegishli bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. 

Hozirda zaruriy yong‘in-texnik ekspertizasi o‘tkazilib, yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан