Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada vafot etgan 17 nafar O‘zbekiston fuqarolarining jasadi olib kelindi
22.04.2020 11:49,  
7251

Joriy yilning 20 aprel kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida turli baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan 17 nafar yurtdoshimizning jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov ma’lum qildi.

Vafot etganlarning jasadi Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil transporti orqali olib kelindi. Fuqarolarning jasadlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda chegara postidan olib o‘tilib, yashash manzillari bo‘yicha jo‘natildi.

Shuni qayd etish joizki, Rossiya Federatsiyasida vafot etganlarning birortasi koronavirus pandemiyasiga chalinmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан