Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirining oilasiga nafaqa to‘lanishiga erishildi
18.11.2021 19:44,  
185

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va Mehnat vazirligi hamda rossiyalik huquqshunoslarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan tarixda birinchi marta ish beruvchi tomonidan, ish joyida vafot etgan migrantning rafiqasiga, 1,1 million rubldan ortiq tovon to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Rossiya qonunchiligiga muvofiq, marhumning oilasiga jabrlanuvchining ish joyida baxtsiz hodisa natijasida vafot etganligi munosabati bilan 1 million rubl miqdorida to‘lov to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali davlatdan ushbu kompensatsiyani olish ishlari davom etmoqda va vafot etgan migrantning voyaga yetmagan qiziga 18 yoshga to‘lgunga qadar pensiya tayinlash masalasi hal qilinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан