Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada xorijliklarning vaqtinchalik bo‘lish muddati 15 sentyabrgacha uzaytirildi
16.06.2020 18:15,  
181

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Pandemiya xavfi tufayli Rossiya hukumati mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, jumladan, patentlarning amal qilish muddatini 2020 yil 15 iyungacha uzaytirgan edi.

Shu bois bugundan, ya’ni 16 iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, patent rasmiylashtirish zarur bo‘ladi.

Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida ro‘yxatda turish muddatlari 2020 yilning 15 sentyabrigacha tugashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;

Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini 2020 yilning 15 sentyabriga qadar uzaytirish belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан