Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada yana bir bor O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
26.10.2017 16:21,  
8

Rossiya Federatsiyasi Quyi Tagil viloyati Dzerjinsk tumanidagi "Sputnik" bozori yonida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.

Yirik ko‘lamdagi to‘polonni bostirish uchun bir nechta politsiyachilar naryadlari va OMONchilarni chaqirishga to‘g‘ri kelgan.

Xabarlarga ko‘ra, migrantlar avtomobillar to‘xtash joyi — parkovkani bo‘lisholmagan. Yuz bergan hodisadan so‘ng yetti nafar shaxs politsiya bo‘limiga olib ketilgan.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, to‘polonda migrantlarni ajratmoqchi bo‘lgan ayol jarohatlangan.

Ayni vaqtda yuz bergan hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 oktyabr kuni Moskvada tojikistonlik va armanistonlik ishchilar o‘rtasida janjal yuz bergan.

Hodisa joyiga yetib kelgan huquq-tartibot organlari xodimlari mojaro armanistonlik va tojikistonlik 20 nafar fuqarolar o‘rtasida ro‘y berganini aniqlaganlar. Mushtlashuvda bir kishi jarohatlangan. Fuqaroga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan, u kasalxonga yotishdan voz kechgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан