Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada yil oxiriga qadar 4200 o‘zbekistonlik rasmiy ish bilan ta’minlanadi
7.08.2020 08:19,  
153

Joriy yil so‘ngiga qadar 4200 nafar O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadagi yirik qurilish ob’yektlariga ishga jalb qilinadi. Bu haqda O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya Neft va gaz ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti raisi o‘rinbosari Denis Mishchenko boshchiligida «Renaissance Heavy Industries» va «Yamata Yatirim Inşaat Turizm ve Ticaret Anonim Şirketi» kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilindi, deb xabar beradi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Uchrashuvlarda pandemiya sharoitida mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularga kasb va til o‘rgatish kabi masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, koronavirus pandemiyasi sababli Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha ishlash uchun ketolmagan va ishsiz qolgan o‘zbekistonlik fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ularga daromad manbai yaratish masalasi muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Ikki tomonlama muzokaralarda yil yakuniga qadar 4200 nafar fuqaroni yirik qurilish ob’yektlariga ishga jalb qilish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, transport, ishlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, ish haqi va boshqa masalalar bo‘yicha keyingi vazifalar belgilab olindi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi va «Ishga marhamat» monomarkazi faoliyati bilan tanishdi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya shaklida yig‘ilish tashkil etildi.

Vazirlik matbuot xizmatining eslatishicha, O‘zbekistonning qator mas’ul tashkilotlari sa’y-harakatlari bilan erishilgan kelishuvga muvofiq, 31 iyul kuni 144 nafar fuqaro tashkillashtirilgan holda Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан