Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada yo‘lovchi samolyot makkajo‘xori maydoniga qo‘ndirildi (video)
15.08.2019 14:58,  
25

«Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining Airbus A-321 yo‘lovchi samolyoti Moskva oblastidagi Jukovskiy aeroportiga qattiq qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda TASS aviakompaniya bosh direktori Sergey Skuratovga asosan xabar qilmoqda.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqa bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, layner bortida 226 kishi bo‘lgan, ulardan 6 nafari voyaga yetmagan shaxslar. «Samolyotdan barcha odamlar evakuatsiya qilindi. Hech qanday buzilish yuz bermagan, yonilg‘i sizib chiqishi holati yo‘q. Halok bo‘lganlar yo‘q», - deyiladi xabarda.

Mash Telegram-kanali xabariga ko‘ra, samolyotda bo‘lgan 23 kishi jarohat olgan. Laynerning har ikki dvigateliga qushlar kirib ketgan, deya ma’lum qilgan aviakompaniya. 

TASS agentligining favqulodda vaziyatlar xizmatidagi manbasi xabar berishicha, uchuvchi samolyotni aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan taxminan 3-5 km masofada «qorniga» qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан