Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyadagi mehnat migrantlari maoshi qancha?
11.12.2021 10:24,  
177

Rossiyada mehnat migrantlarining o‘rtacha oylik maoshi 47 000 rubl (Rossiya Markaziy bankining 10 dekabrdagi kursi bo‘yicha bu taxminan 638 dollarga teng)ni tashkil etadi. Bu haqda Rossiya migrantlari federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov ma’lum qilgan.

«Sputnik»ning yozishicha, mutaxassislar 2021 yil davomida Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan jami 4739 nafar migrant bilan suhbatlashib, tadqiqot o‘tkazgan. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Rossiyaga yangi kelgan muhojirlar o‘rtacha 77 200 rubl (1048 dollar ) daromad olishni xohlaydi. Rus tilini yaxshi bilmaydiganlar 37 000 rubl (502 dollar), yaxshi bilganlar esa 49 000 rubl (665 dollar) olishi aniqlangan.

Shuningdek, migrantlarning 54,4 foizi vatanida maosh pastligi, 30,5 foizi o‘z mamlakatida ish yo‘qligi, 18 foizi esa umuman turmush darajasi pastligi sabab Rossiyaga kelganini bildirgan.

Kojenovning ta’kidlashicha, so‘rovnomada qatnashgan muhojirlarning 27,5 foizi kuniga 8 soatdan 10 soatgacha, 22 foizdan kamrog‘i 8 soat yoki undan kam vaqt ishlaydi.

Eng ko‘p maoshni qurilish sohasida ishlaydigan migrantlar topadi — oyiga o‘rtacha 54 000 rubl (733 dollar), eng kami esa qishloq xo‘jaligi sohasida ishlayotganlarga to‘g‘ri keladi — taxminan 36 800 rubl (500 dollar).

Migrantlarning taxminan 80 foizi kvartiralarda yashaydi.

So‘rovnomada ishtirok etganlarning aksariyati (55,9 foizi) rossiyaliklar tomonidan salbiy munosabat sezmayotganini aytgan. Rossiyada 5 yildan ortiq yashayotgan migrantlarning 57 foizi esa bu mamlakatda butunlay qolish istagini bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан