Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyadagi OTMlarda o‘zbekistonlik talabalar o‘qishni an’anaviy tarzda boshlashlari mumkin
21.08.2021 09:42,  
132


O‘zbekistonlik talabalar Rossiyadagi OTMlarda o‘qishni an’anaviy tarzda boshlashlari mumkin. Bu haqda Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmatiga tayanib «UzNews» ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, barcha universitetlar tavsiya qilingan sanitariya xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda o‘quv yilini an’anaviy formatda boshlaydi.

Fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkovning so‘zlariga ko‘ra, universitetlarning 96,4 foizi o‘quv yilini 1 sentyabrdan, qolganlari esa 1 noyabrgacha boshlashlari mumkin.

O‘quv yilining boshlanishigacha OTMlarga kela olmaydigan chet ellik talabalar o‘quv jarayonini masofaviy (onlayn) formatda boshlaydi. OTMlar ularni kunduzgi o‘qishga parallel ravishda masofadan o‘qitishni ta’minlashlari shart.

Vazir chet ellik birinchi kurs talabalari bilan individual ish olib borish kerakligini ta’kidladi.

«Ular universitetda bo‘lishi yoki masofadan o‘qishidan qat’i nazar, mamlakat va mintaqaga, madaniyat va universitet jamoasiga ijtimoiy moslashuv choralarini ta’minlashi kerak. Universitet oliy ta’lim olish uchun Rossiyani tanlagan har bir talabaga do‘st bo‘lishi kerak», – ta’kidladi Valeriy Falkov.

Bundan tashqari, Valeriy Falkov talabalarni majburiy emlashga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi. Bu yotoqxonalarga joylashishda ham muammo bo‘lmasligi qo‘shimcha qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан