Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga 600 dan ortiq ish o‘rinlari taklif qilindi​
12.05.2020 12:19,  
730

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ish qidirayotgan O‘zbekiston fuqarolari murojaat qildi. Agentlik tomonidan Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 600 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlariga fuqarolar taklif etiladi.

Moskva shahrida:

- ishlab chiqarish va ofislarni tozalash ishlariga – 2 kishi;

- tibbiy niqob tikish ishlariga – 10 kishi;

- g‘isht terish ishlariga – 8 kishi;

- sotuvchi-kassir (smenali ish) – 5 kishi;

- oshpaz, taomlar uchun buyurtmalarni qabul qilish va yetkazib berish ishlariga – 7 kishi.

Moskva viloyatida:

- qadoqlash ishlariga – 20 kishi.

Sankt-Peterburg shahrida:

- tikuvchilik ishlariga – 5 kishi;

- haydovchilikka (taksi) – 50 kishi;

- super marketlarda ishchi – soni cheklanmagan.

Leningrad viloyatida:

- bino va tovarlarni qo‘riqlash hamda kunlik ishlarga – 10 kishi;

- qishloq xo‘jaligi va chorvachilik ishlariga – 10 kishi.

Kaliningrad viloyatida:

- kunlik ishlarga – 20 kishi.

Irkutsk viloyatida:

- avtomobil kuzovlarini ta’mirlash va kunlik ishlarga – 5 kishi;

- yog‘och kesish va kunlik ishlarga – 3 kishi;

- suvoq va g‘isht terish ishlariga – 20 kishi.

Ulan-Ude shahrida (Buryatiya):

- beton quyish va g‘isht terish ishlariga – 60 kishi.

Tatariston Respublikasida:

- haydovchilikka – 4 kishi.

Xanti-Mansiysk avtonom viloyatida:

- kunlik ishlarga – 10 kishi.

Kirov viloyatida:

- stanokda arralash va kunlik ishlarga – 10 kishi.

Rostov-na-Don shahrida:

- g‘isht terish va gipso karton ishlariga – 10 kishi;

- tikuvchilik ishlariga – 5 kishi.

Tyumen shahrida:

- g‘isht terish va kunlik ishlarga – 10 kishi.

Yekaterinburg shahrida:

- g‘isht terish va beton quyish ishlariga – 10 kishi.

Yaroslav viloyatida:

- qishloq xo‘jaligi va chorvachilik ishlariga – 100 kishi.

Chelyabinsk shahrida:

- tovarlarni tashish va joylashtirish ishlariga – 5 kishi.

Samara shahrida:

- kunlik ishlarga – 20 kishi.

Krasnoyarsk shahrida:

- kunlik ishlarga – 12 kishi;

- yuk ortish va tushirish ishlariga – 2 kishi.

Boshqirdiston Respublikasida:

- yuk tashish va non yopish ishlariga – 10 kishi;

- qishloq xo‘jaligi ishlariga – 5 kishi.

Belgorod viloyatida:

- qassobchilik ishlariga – 20 kishi;

- gazelektropayvandlash va santexnika ishlariga – 10 kishi;

- slesar, farroshlik va qurilish ishlariga – 5 kishi.

Stariy Oskol shahrida:

- tokar – 10 kishi.

Volgograd viloyatida:

- elektro payvandlash ishlariga – 20 kishi;

- qurilish-montaj ishlariga – 10 kishi.

Tver viloyatida:

- kunlik ishlarga – 1 kishi.

Penza viloyatida:

- oshpazlik va non yopish ishlariga – 4 kishi;

- avtomobillarni yuvish ishlariga – 2 kishi;

- qo‘riqlash xizmatiga – 1 kishi.

Ushbu hududlarda ishlash istagidagi fuqarolardan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari so‘raladi:

Ish izlovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.

Batafsil ma’lumot uchun telefon: +998 71 202 33 55

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан