Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar koronavirusdan vafot etsa, ularni olib kelish mumkinmi?
29.07.2020 13:56,  
554

28 iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda muhim savollarga javob berildi:

Savol: Rossiyada mehnat qilayotgan fuqaro vafot etsa, uning jasadini O‘zbekistonga olib ketish imkoniyati bormi? Agar u koronavirusdan vafot etgan bo‘lsachi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 713-sonli qarorida mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini va xorijda mehnat faoliyati vaqtida og‘ir tan jarohati olgan fuqarolarni bepul asosda O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish belgilab qo‘yilgan.

Xorijda vafot etgan mehnat migranti jasadini O‘zbekistonga olib kelish masalasida marhumning yaqinlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning xorijiy mamlakatlaridagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

Agar fuqaro koronavirusdan vafot etgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda uning ham jasadini O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘riladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан