Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelayotgan charter reyslarning yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi
8.08.2020 12:59,  
1119

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun 2 avgustdan 16 avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining parvoz yo‘nalishiga qisman o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, 7 avgust kuni Toshkent – Rostov Don – Namangan,

8 avgust Toshkent – Sankt - Peterburg – Namangan,

9 avgustga belgilangan Toshkent – Moskva – Namangan avia qatnovlari Toshkent shahriga amalga oshiriladi.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Rossiya Federatsiyasining Orenburg va Samara viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun 2 ta poyezd qatnovi tashkil etildi.

Mazkur poyezdlarning birinchisi 9 avgust kuni Namangan shahriga, ikkinchisi esa 9 avgust kuni Samarqand shahriga kirib boradi. Poyezdlarda olib kelingan barcha fuqarolar o‘rnatilgan tartibda karantinga joylashtiriladi.

Rossiya Federatsiyasining Rostov - Don viloyatidagi fuqarolarni olib kelish maqsadida uchinchi poyezd qatnovi ham tashkil etildi. Ushbu poyezd 13 avgust kuni Toshkent shahriga kirib keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан