Avvalroq, Rossiya Federatsiyasining 40 ga yaqin yetuk mutaxassislari yurtimizda bir oy davomida bo‘lib qaytgan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, bugun ham O‘zbekistonga Rossiyadan yana bir tibbiyot xodimlari guruhi tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu guruh Rossiyaning eng nufuzli epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, xirurg shifokorlar, laborator diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralardan iborat 35 nafar tibbiyot xodimlarini jam qilgan. Guruh rahbari – tibbiyot fanlari doktori Konstantin Pokrovskiy.
O‘zbekistonga uchib kelishi kutilayotgan guruh a’zolari mamlakatimizning turli hududlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, shifokorlarimiz bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashadi.