Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyadan pul olib chiqishda O‘zbekiston — ikkinchi
16.12.2021 20:03,  
476

2021 yilning uchinchi choragida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyadan O‘zbekistonga 1,6 milliard dollar pul yuborishdi. «Sputnik Tojikiston» yozishicha, bu MDH «gastarbayterlari» orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich.  

Solishtirish uchun: Qirg‘izistonga — $619 mln., Tojikistonga — $534 mln., Ozarbayjonga — $281 mln., Armanistonga — $268 mln. jo‘natilgan.

MDHga kiruvchi mamlakatlarga 2021 yilning uchinchi choragida jami $ 3,8 mlrd. yuborilgan.

E’tiborli jihati, xususiy pul o‘tkazmalari Rossiyadan eng ko‘p jo‘natilgan mamlakat MDHga a’zo bo‘lmagan va turgan gapki, o‘z «gastarbayter»larini yubormaydigan Shveysariya — $1,8 mlrd. Bu pullar kimlarniki ekanini ham taxmin qilish qiyinmas.

Keyingi o‘rinlarda:

  • AQSh — $698 mln.
  • Buyuk Britaniya — $587 mln.
  • Germaniya — $311 mln.
  • Turkiya — $277 mln.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан