Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyadan Toshkentga yangi metro vagonlari yuborildi
14.10.2021 08:28,  
82

13 oktyabr kuni «Transmashxolding» AJ tarkibiga kiruvchi «Metrovagonmash» tomonidan ishlab chiqarilgan 20 ta zamonaviy metro vagoni Toshkentga yuborildi. Shu bilan korxonaning Toshkent metropoliteni oldidagi kontrakt majburiyatlari yakunlandi, deb xabar beradi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, yuborilgan vagonlardan Toshkentda to‘rtta vagonli 5 ta metro poyezdi shakllantiriladi. Ushbu modifikatsiyadagi harakatlanuvchi tarkiblari yetkazilishi bilan Toshkent metropolitenida zamonaviy poyezdlar soni jami 60 vagonni, ya’ni 15 ta to‘rt vagonli poyezdni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda metropolitenning 20 vagonidan iborat birinchi partiyasi Toshkentga yetib kelgandi. 2021 yilning avgust oyida esa «Metrovagonmash» AJ O‘zbekistonga yana 20 ta metro vagonini jo‘natgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан