Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan muhojirlardan yana bir hujjat talab qilinadi
21.11.2021 15:26,  
254

Ma’lum qilinishicha, tegishli qaror loyihasi Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, 2021 yilning 29 dekabridan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan. Hujjatlar ilgari berilgan hujjatlarning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab 30 kun ichida taqdim etilishi kerakli ta’kidlangan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz chet el fuqarolarining hujjatlari ularning ota-onasi, vasiylari yoki homiylaridan biri tomonidan Ichki ishlar vazirligiga taqdim etilishi mumkin. Ular qog‘oz yoki elektron shaklda Ichki ishlar vazirligining migratsiya bo‘limiga, shuningdek, korxona yoki vakolatli tashkilotga jo‘natiladi.

Qayd etilishicha, agar hujjatlar chet tilida bo‘lsa, ular rus tiliga tarjima qilinishi hamda notarial tasdiqlangan bo‘lishi, qabul qilingandan so‘ng ular vakolatli shaxs tomonidan tekshirilishi, so‘ngra qabul qilingani to‘g‘risidagi guvohnoma berilishi kerak. Agar migrant tibbiy hujjatlarni elektron shaklda topshirsa, uni olgandan keyin ertasi kuni tasdiqlovchi xabar keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан