Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyalik milliarder o‘zini Putinniki deb aytilayotgan saroy egasi deb e’lon qildi
30.01.2021 21:14,  
1077

Rotenbergning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda apart-otel quriladi, shu bois uning xonalari ko‘p. U mehmonxona biznesini yoqtirishini aytgan.

Rossiyalik milliarder Arkadiy Rotenberg o‘zini Gelenjikdagi saroy egasi deb e’lon qildi. Bu haqda Mash Telegram-kanali xabar bermoqda.

«Endi bu sir emas. Men benefitsiar hisoblanaman. Ob’yekt anchagina murakkab edi. Kreditorlar ko‘p bo‘ldi, men benefitsiar bo‘lishga erishdim. Bu topilma. Ajoyib joy», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda apart-otel quriladi, shu bois uning xonalari ko‘p. Rotenberg mehmonxona biznesini yoqtirishini aytgan.

Avvalroq muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy Krasnodar o‘lkasidagi Gelenjik hududida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning saroyi borligi haqida deyarli ikki soatlik surishtiruv e’lon qilgandi.

Putin saroy haqidagi ushbu surishtiruvga munosabat bildirib, uni umrida ko‘rmaganligini aytgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан