Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyalik tekshiruvchilar O‘zbekiston gilosi va va o‘rigidan vitaminlar kam chiqqanligini iddao qilmoqda
23.07.2019 20:21,  
15

Rossiyada tovar va xizmatlar sifatini tekshiruvchi davlat tashkiloti – Rospotrebnadzor va RIA Novosti jurnalistlari bilan birgalikda shu kunlarda Moskva magazinlarida sotilayotgan bir necha mevalarni tekshirib ko‘rishdi.

Ular, xususan, O‘zbekistonda yetishtirilgan “Bahor” navli qizil gilos, va “Shallax” navli o‘rikni tekshirib ko‘rishdi.

Mutaxassislar birinchi navbatda mevalar xavfsizligini tekshirishdi. Gilos va o‘rikda og‘ir metall tuzlari pestitsidlar yoki boshqa zararli kimyoviy moddalar topilmadi.

Ikkinchi navbatda ular mevalar tarkibida S vitamini, foydali temir, kalsiy, magniy, natriy, fosfor va beta-karotin moddalari miqdorini aniqlashdi.

Go‘yoki o‘zbek Gilosda – temir moddasi odatdagidan ko‘ra 6 barobar, S vitamini - 3,5 barobar, kalsiy - 3 barobar,  magniy va fosfor – 2,5 barobar kam bo‘lib chiqdi. Odatda 100 gram gilosda 13 gram natriy moddasi bor, lekin bu safar 1,4 gramm chiqdi. Lekin beta-karotin - normadan 10 barobar ko‘p.

O‘rikda ham vitaminlar miqdori beligangan miqdordan kam chiqdi. Vitamina S — 3,5 barobar, kaliy — 1,5 barobar, kalsiy va natriy —2,5 barobar kam.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Potapova aytishiga qaraganda, vitaminlar yetishmasligiga bir necha sabab bo‘lishi mumkin. Ular orasida – quyoshli kunlar kam bo‘lgani, yerda minerallar miqdori kamligi va boshqalar, dedi mutaxassis.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан