Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaliklarining qariyb yarmi Putinning qayta saylanishiga norozi
27.03.2020 17:12,  
822

Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putinning avvalgi prezidentlik muddatini "nollashtirish" taklif qilingan Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha rossiyaliklarning fikrlari ikkiga bo‘lindi. Bu haqda Levada markazi so‘rovlariga tayanib Vedomosti nashri xabar bermoqda.

So‘rovda qatnashganlarning 48 foizi avvalgi prezidentlik muddatining bekor qilinishini ma’qulladilar (23 foizi “aniq ha”, 25 foizi “ha” deb javob berishdi). 47% o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlamydi (17% "yo‘q" , 30% - "aniq yo‘q" deb javob berdi). Besh foiz javob berishga qiynaladi.

Respondentlarning 46 foizi Vladimir Putinni 2024 yildan keyin prezident sifatida ko‘rishni istashadi, 40 foizi esa bunga qarshi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga "Levada markazida o‘tkazilgan so‘rov natijalari Kreml sotsiologiyasiga to‘g‘ri kelmasligini" ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан