Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaliklarning katta qismi "Putin konstitutsiyasi"ni qo‘llab-quvvatladi
2.07.2020 13:28,  
283

Rossiya Markaziy Saylov Komissiyasi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ovoz berish protokollarini ko‘rib chiqishni yakunladi. Mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar 77.92% rossiyaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, qarshilar 21.27%. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jami saylovchilarning ishtiroki 65% tashkil etgan.

Nenets avtonom okrugi saylovchilarning aksariyati konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarga qarshi ovoz bergan yagona mintaqa (54%) bo‘ldi. Tuzatishlarni qo‘llab-quvvatlashning eng yuqori darajasi Checheniston (98%) va Tuva viloyatlarida (97%) qayd etildi. Moskvada saylovchilarning 66,1 foizi o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatlagan, 32,9% qarshi.

Eslatib o‘tamiz Rossiya konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bilan mamlakatning amaldagi prezidenti Vladimir Putinning avvalgi saylangan muddatlari "nollashtiriladi" va janob Putin yana ikki bor o‘z nomzodini Rossiya prezidentligiga ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. Rossiyalik ayrim jamoat arboblari, jumladan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Putinni umrbod prezident qilish taklifini bildirdi. Qodirovning o‘zi ham buning mutlaqo tarafdori ekanligini aytib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан