Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaning 5 ta yirik shahrida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari rus tili va kasbga o‘qitiladi
19.09.2020 15:26,  
160

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, RUDN va “World Skills Russia” o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda Migratsiya agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat delegatsiya a’zolarining Rossiyaga tashrif buyurgani haqida xabar qilingan edi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) hamda “World Skills Russia” (Rossiyaning yosh mutaxassislari) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida uch tomonlama Memorandum imzolandi.

Ushbu kelishuv Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon va Novosibirsk shaharlarida o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini rus tili va kasbga o‘qitishni ko‘zda tutadi.

Unda fuqarolar qurilish, xizmat ko‘rsatish, transport va logistika, texnika va texnologiyalar, ishlab chiqarish, avtomobilsozlik sohalarida 25 ta kasb bo‘yicha o‘qitiladi.

Ta’kidlash joiz, yurtdoshlarimizning rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida RUDNning O‘zbekistondagi vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Unda Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi O‘zbekiston fuqarolariga patent olish uchun talab etiladigan rus tili bo‘yicha imtihon topshirishga tayyorgarlik ko‘rish, tayyorlanish mobaynida bepul maslahatlarni olish imkoniyati taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан