Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaning “Donguz” poligonidagi harbiy shaharchaga davlatimiz bayrog‘i o‘rnatildi (foto)
11.09.2019 09:52,  
18

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat vakillarimiz 16-21 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarida ishtirok etadi.

Hamyurtlarimiz ushbu harbiy strategik mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi “Donguz” poligonida qad ko‘targan vaqtinchalik harbiy shaharchaga yetib kelib, o‘zlari uchun ajratilgan chodirlarga joylashdi. U yerga davlatimiz bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qildi.

Kun tartibi bo‘yicha harakat qilayotgan vakillarimiz birinchi kuni o‘zlari uchun ajaratilgan hududni ko‘zdan kechirib, dala sharoitida yaratilgan harbiy shaharcha bilan tanishdi. Guruh rahbarlari tomonidan yana bir bor texnika xavfsizlik qoidalari eslatib o‘tildi.

O‘sha kuni harbiy oshpazlarimiz tomonidan o‘zbek milliy taomi – osh damlandi. Ta’kidlash joizki, harbiy oshpazlarimiz polovxonto‘rani yurtimizdan keltirilgan masalliqlardan tayyorlashdi. Qolgan kunlari esa dala sharoitida belgilangan taomnoma asosida olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarida sakkiz mamlakat – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning  harbiy kontingenti ishtirok etadi.

Ushbu o‘quvlar Markaziy Osiyo hududida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish, real jang vaziyatida topshiriqlarni hamkorlikda bajarishda mamlakatlar qo‘shinlarining guruh (kuch)larini samarali qo‘llash borasida qo‘l keladi. Shuningdek, mamlakatlar Qurolli Kuchlarining milliy manfaatlarini himoya qilishga bo‘lgan shayligi yana bir bor sinovdan o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан