Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaning eng xavfli shahri aniqlandi
3.09.2019 15:01,  
152

Rossiyaning yirik shaharlarida o‘tkazilgan so‘rovlar Rostov viloyatidagi Shaxta shahri aholisi boshqa shaharlarga qaraganda eng ko‘p xavf his qilishini ko‘rsatdi. Bu haqda Domofond tahlilchilari Lenta.Ru nashriga taqdim etgan ma’lumotlar guvohlik beryapti.

Ushbu so‘rov Rossiyaning turli mintaqalaridagi 200 ta shaharda o‘tkazildi, unda 90 ming kishi qatnashdi. Ularning har biri “Men xavfsiz hududda yashayman va qorong‘ida uyga qaytishga qo‘rqmayman” degan variantni 1 dan 10 gacha bo‘lgan ballar bilan baholashi lozim bo‘lib, bunda eng past baho “mutlaqo qo‘shilmayman”, eng yuqori baho esa “to‘liq qo‘shilaman” degan ma’noni bildirgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra eng quyi ko‘rsatkich Shaxtada qayd etildi: shahar o‘rtacha 4,5 ball oldi, bu Rossiyadagi o‘rtacha ko‘rchatkichdan 2,3 ballga past. Shuningdek, Kemerovo viloyatidagi Kiselyovsk shahri (4,9 ball), Amur viloyatidagi Svobodniy va Chelyabinsk viloyatidagi Kopeyska shahri (har ikkalasi ham 5 balldan) aholisi ham o‘z yashash joylarini unchalik xavfsiz deb bilmaydi.  

Yonayotgan yer  

Rossiyaliklar bu shaharlardan o‘z uylarini tashlab qochyapti, ularning xonadonlarini hech kim sotib olmayapti.

Ayni inqirozli vaziyat Kemerovo viloyatidagi Leninsk-Kuznetsk (5,2), Yakutsk (5,3) va Rostov viloyatidagi Novocherkassk (5,4) shaharlarida ham kuzatilgan. Tadqiqot o‘tkazilgan uchta shaharda bir xil – 5,6 ball qayd etilgan: Sverdlovsk viloyatidagi Pervouralsk, Kemerovo viloyatidagi Prokopevsk va Belovo shaharlari.

Shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha eng yaxshi natijalar Yeysk (8,6 ball) va Gelenjik (8,4 ball) shaharlari aholisiga tegishli. Uchinchi o‘rinni esa Grozniy (8,3 ball) egalladi. Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari mos ravishda 7 va 6,8 ball oldi.

Ushbu kompaniya tahlilchilari 2017 yil yozida ham ayni mazmunda 258 ming rossiyalik orasida so‘rov o‘tkazgan, uning natijalariga ko‘ra Grozniy shahri aholisi o‘z yashash joyini Rossiya bo‘yicha eng xavfsiz deb topgan edi. O‘shanda ham xuddi 2019 yildagi kabi Rostov viloyatidagi Shaxta shahri eng xavfli joy bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан