Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi nomidagi “V” harfi nimani anglatishi oydinlashdi
25.12.2020 09:05,  
1158

 Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi nomidagi “V” harfi nimani anglatishini ochiqladi.

Uning so‘zlariga qaraganda, “V” harfi koronavirus ustidagi g‘alabani anglatadi.

“Vaksinamiz nomidagi “V” harfi koronavirus ustidagi g‘alabani anglatadi, va biz Argentina xalqiga bu kasallik ustidan g‘alaba qozonishni tilaymiz”, - deya tushuntirdi Dmitriyev vaksinaning birinchi partiyasini Argentinaga yetkazib berilganini izohlayotib.
24 dekabr kuni COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasi  “Sputnik V”ning birinchi dozalari ortilgan samolyot Argentinaga kelib qo‘ndi. Jami 300 ming doza yetkazib berildi. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari emlanadi.

Rossiyaning yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinasi dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazildi va u “Sputnik V” deb nomlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан