Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaning qator mintaqalarida "Putin konstitutsiyasi" uchun onlayn ovoz beriladi
25.05.2020 09:57,  
81

Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha elektron ovoz berish Rossiyaning bir necha mintaqalarida bo‘lib o‘tadi, dedi Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova "Rossiyskaya gazeta" ga bergan intervyusida.

“Butun mamlakat bo‘ylab masofadan turib ovoz berish qo‘llanilmaydi. Uzog‘i bilan uch-to‘rtta mintaqalar haqida gapirish mumkin, hozircha faqat ilgari qo‘llanilgan "Moskva" texnologiyasi asosida ", - dedi Pamfilova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi tashabbus mintaqalarning o‘zlari tomonidan ilgari surilishi va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarishga qodirligini isbotlashi kerak.

Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin barcha darajadagi saylovlarda masofadan turib elektron ovoz berishga ruxsat beruvchi qonunni imzolagan edi.

22 aprel kuni konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha butun Rossiya bo‘ylab ovoz berish rejalashtirilgan edi, ammo koronavirus tarqalishi sababli u noma’lum muddatga qoldirildi.

Yangi kiritilayotgan o‘zgarishlar amaldagi prezident Vladimir Putinga yana bir necha muddat mamlakatni boshqarish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан