Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaning suvga g‘arq bo‘lgan “Moskva” ekipaji haqida ma’lumot berildi
16.04.2022 08:41,  
965

Rossiya harbiy dengiz kuchlari Qora dengiz flotining yong‘in va o‘q-dorilarning portlashi oqibatida halok bo‘lgan “Moskva” raketa kreyseri ekipaji Sevastopolga yetkazildi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

 “Ekipaj doimiy joylashtirish punktiga Qora dengiz flotining asosiy bazasi Sevastopolga yetkazildi”, deyiladi xabarda.

Oldinroq, 14 aprel kuni tunda Odessa yaqinida joylashgan “Moskva” kreyserida portlash yuz berdi. Ukraina tomoni kemaga “Neptun” bilan zarba berganini bildirdi.

Rossiya o‘z navbatida kemadagi o‘q-dorilar portlaganini, bu noma’lum sabab bilan boshlangan yong‘in tufayli ekanini xabar berdi. Rus nashrlari kemaning 500 dan ortiq ekipaj a’zolari evakuatsiya qilingani aytildi.

Keyinroq esa kemadagi yong‘in o‘chirildi va u suzishga yaroqli holda ekani ochiqlandi. Biroq bugun, 15 aprel kuni tunda “Moskva” bukser qilinayotganda dovul sabab cho‘kib ketdi.

Qora dengiz strategik tadqiqot instituti rahbari Andrey Klimenkoga ko‘ra, 16 ta qanotli raketaga ega “Moskva” kreyseri yo‘q qilinganidan keyin Rossiya Qora dengiz floti kemalarining umumiy qanotli raketalari soni 72 tadan 56 taga kamaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан