Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaning YaIM ko‘rsatkichi 2022 yilda tushishi bashorat qilinmoqda
30.04.2022 16:29,  
110

Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida o‘sish 2024 yilgacha kuzatilmaydi, deydi iqtisodchi, Rossiya iqtisodiyot maktabi (RIM) rektori Ruben Yenikolopov.

"Fikrimcha YaIM pasayishi 10 foizdan ko‘p bo‘ladi", — deydi mutaxassis RIA Novostiga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha vaziyatning mavhumlik darajasi yuqoriligicha qoladi.

"2023 yilda o‘sish bo‘ladi, deb o‘ylayotgan odamlar, nazarimda optimistlar. Men esa o‘sish faqat 2024 yilga kelib kuzatiladi, degan bo‘lardim", — qo‘shimcha qildi Yenikolopov.

29 aprelda Rossiya Banki yangilangan o‘rta muddatli  prognozini e’lon qilgan edi. Ushbu hujjatda ko‘rsatilishicha, 2022 yilda Rossiyaning YaIM pasayishi 8-10 foizni tashkil etadi. Pasayish kelasi yilda ham davom etadi va  3 foizni tashkil etishi mumkin.

O‘tgan chorshanba kuni Rossiya hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin ham 2022 yilda Rossiya YaIMining pasayishi 8,8 foizni tashkil etishini ma’lum qilgan edi.

Rossiya iqtisodiyotining  2022 yil boshidagi darajaga qaytishi haqida gapiriladigan bo‘lsa, RIM rektorining fikricha, buni yaqin  3-5 yilda amalga oshirib bo‘lmaydi. "Bunga turli sharoitlardan kelib chiqib, 6-7 yoki 10 yil kerak bo‘ladi", — deya ta’kidladi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан