Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya 2020 yilda O‘zbekistondagi temir yo‘l yo‘nalishlarini elektrlashtiradi
17.10.2019 14:58,  
155

“Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi kelasi yili O‘zbekistondagi Buxoro-Urganch-Xiva temiryo‘l yo‘nalishini elektrlashtiradi. Bu haqda RTY bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Misharin Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar temiryo‘l transporti Kengashining 71-yig‘ilishida jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Bu keyingi yil bo‘ladi. Umid qilamanki, juda yaqin orada shartnoma imzolaymiz. Hozir uning qiymatini aniqlashtiryapmiz”, degan u.

O‘tgan sentyabr oyida ayni kompaniya O‘zbekistondagi infratuzilmalar loyihasida qatnashishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar temiryo‘l transporti Kengashi 1992 yil 14 fevralda MDH davlatlari temiryo‘l transportini kuzatib borish haqidagi hukumatlararo shartnoma bilan tuzilgan. Kengashga Hamdo‘stlikka a’zo barcha davlatlarning temiryo‘l sohasidagi boshqaruv organloari rahbarlari kirgan. Shuningdek, uning ishida Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Bolgariya va Finlandiya ham ishtirok etadi. Kengash bir yilda ikki marta yig‘iladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан