Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rus milliarderi Veneradagi hayotni qidirishni moliyalashtiradi
16.09.2020 11:33,  
145

Rossiyalik milliarder Yuriy Milnerning "Breakthrough Initiatives" investitsiya fondi Venerada hayot izlarini qidirishni moliyalashtiradi. Bir kun oldin u yerda gaz topildi, bu tirik organizmlar mavjudligining belgisi bo‘lishi mumkin. "Roskosmos" rahbari Dmitriy Rogozin ertalab xuddi shu yangilik bilan bog‘liq ravishda Venerani "jonli jahannam" deb atadi.

Milnerning "Breakthrough Initiatives" jamg‘armasi koinotdagi hayotni ilmiy-texnik tadqiqotlar, xususan, Yerdagi aqlli hayotning o‘ziga xosligi va Somon Yo‘lidagi olamlarning yashashga yaroqliligi haqidagi masalalar shug‘ullanadi. Shuning uchun ham jamg‘arma Quyoshdan Yerga eng yaqin sayyora - Venerada potensial biosignatsiyani (o‘tmishdagi yoki hozirgi hayot faoliyati natijalarining namoyon bo‘lishi) izlashni qo‘shimcha ravishda moliyalashtiradi.

Jamg‘arma Massachusets texnologiyalar institutining sayyora fanlari, fizika va ayerokosmik muhandisligi professori doktor Sara Siger boshchiligidagi jahon miqyosidagi fiziklar, astronomlar, astrobiologlar, kimyogarlar va muhandislardan iborat tadqiqot guruhini moliyalashtiradi. Guruh Veneradagi hayotning ilmiy asoslarini o‘rganadi va agar bunday dalillar aniq isbotlansa, qidiruv missiyasining texnik muammolarini tahlil qiladi. Milner bu vazifani "tamaddunimizning dolzarb vazifasi" deb atadi.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning Kardiff universiteti va AQShning Massachusets universiteti astronomlari guruhi sayyoramizdagi hayotning alomati deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan zaharli gaz - fosfinni Venera atmosferasida aniqlangani bo‘yicha tadqiqotni e’lon qilishdi. Yerda fosfin antropogen faollikning natijasidir, shuningdek ba’zi anaerob organizmlar - bakteriyalar, zamburug‘lar, suv o‘tlari, qurtlar tomonidan ishlab chiqariladi. Gazning boshqa manbalariga meteoritlar, chaqmoq va vulqon otilishi kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан