Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rus qo‘shinlari Suriyadagi maktab va kasalxonalarga atayin hujum qilganligi aytilmoqda
16.05.2020 10:34,  
380

Rossiya aviatsiyasi hamda Suriya hukumati samolyotlari oxirgi oylarda muntazam ravishda mamlakat shimoli-g‘arbidagi Idlib, Xama va Halab viloyatlaridagi maktablar va kasalxonalarga aviazarbalar yo‘llagan. Bu haqda Amnesty International huquq himoyachisi tashkilotining hisobotiga tayanib, Meduza xabar bermoqda.

Amnesty International bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 30 apreldan 2020 yil 29 fevralgacha bo‘lgan davrda Rossiya va Suriya hukumati qo‘shinlari 53 ta tibbiyot muassasasi va 95 ta maktabga hujum qilgan, asosan, havodan zarba berilgan, Suriya armiyasining quruqlikdagi harbiylari tomonidan ham hujumlar qilingan. Talafot ko‘rgan ob’yektlar BMT ma’lumotlar bazasiga kiritilgan: bazada kasalxona, maktab va boshqa ijtimoiy maqsadlardan foydalaniladigan binolarning joylashuvi haqida ma’lumotlar bor. Bu ularni nizolardan chetda turishini ta’minlash maqsadida qilingan.

2020 yilning yanvar fevral oylarida Syrian Child Protection Network tashkiloti bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya va Suriya hukumati qo‘shinlari 28 ta maktabga hujum qilgan va ularda ta’lim jarayoni to‘xtab qolgan. Bir kunning o‘zida, ya’ni 25 fevral kuni 10 ta maktab vayron bo‘lgan. Amnesty Internationalʼning yozishicha, Idlib shahridagi hujumlardan birida Suriya harbiy havo kuchlari maktabga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba yo‘llagan; Maarat-Misrin shahrida ham maktab binosiga hujum qilingan, u yerdagi jami 11 kishi, jumladan, yetti nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 40 nafar odam turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Inson huquqlari himoyachilari hujumlarning 18 tasini ro‘yxatga olib, 74 nafar guvohnining ko‘rsatmalarini tinglagan, ular orasida shifokorlar, o‘qituvchilar va ijtimoiy soha vakillari bor, videoyozuvlar va voqea joyidagi fotosuratlarni tahlil qilgan, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar ham o‘rganilgan. Olingan ma’lumotlar Rossiya harbiylari va Bashar Asad armiyasining ayrim harakatlari harbiy jinoyat ekani Amnesty International tomonidan qayd etilgan.

Amnesty Suriya shimoli-g‘arbidagi hodisalarni halokatli to‘qqiz yillik inqiroz vaqtidagi favqulodda ijtimoiy vaziyat davrida ham bunday bo‘lmaganini ta’kidlagan. Tashkilot bergan ma’lumotlar bo‘yicha, Suriya harbiylarining Idlibdagi jangarilar egallab turgan hududlarga hujumi oqibatida qariyb bir million nafar aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан