Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Ruscha ssenariy(mi)" - Lukashenko mamlakat konstitutsiyasini o‘zgartirishni taklif qildi
4.08.2020 13:55,  
512

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko kelgusi besh yil ichida mamlakat konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha respublika referendumini o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Lukashenkoning yangi saylovoldi dasturida aytilgan.

"Belorusimiz o‘zgargani sayin biz ham o‘zgardik. Belorusliklarning mamlakat taqdiri uchun javobgarlikni olishga tayyorligi aniq va bu mas’uliyat darajasini odamlarning o‘zlari belgilaydi. Ammo qonunga ko‘ra. Ko‘chalarda va maydonlarda emas, balki huquqiy munosabatlar orqali belgilaydi. Keling, Konstitutsiyadan boshlaymiz" , - ta’kidladi Lukashenko seshanba kuni «Zvyazda» gazetasida e’lon qilgan murojaatida.

Amaldagi davlat rahbari "belaruslar o‘zlarining huquqlari, burchlari, erkinliklari va majburiyatlarini, shuningdek, umumxalq referendumi paytida davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlari belgilaydilar" dedi.

9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Muddatidan oldin ovoz berish seshanba kuni boshlanadi va 8 avgustgacha davom etadi. Amaldagi davlat rahbaridan tashqari, "Haqiqatni gapiring" jamoat harakatining hamraisi Andrey Dmitriyev, Belarus parlamenti quyi palatasining sobiq deputati Anna Kanopatskaya, Svetlana Tixanovskaya, Sotsial-demokratik «Xramada» partiyasi raisi Sergey Cherechen ham prezidentlik uchun kurashmoqda. Ikki ariza beruvchiga - hibsga olingan «Belgazprombank» ning sobiq raisi Viktor Babariko va "Hi-Tech Park" ning sobiq rahbari Valeriy Sepkalo ro‘yxatdan o‘tmagan. Aynan ular "Yevropaning so‘nggi diktatori" uchun asosiy raqib sifatida ko‘rilayotgan edi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан