Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ruslan Nurudinov yangi jahon rekordini o‘rnatdi
24.04.2021 22:26,  
613

Poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda hamyurtlarimiz Ruslan Nurudinov oltin, Akbar Jo‘rayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlash joiz, dast ko‘tarish mashqida xitoylik Yang Chje yurtdoshlarimizga jiddiy raqobat ko‘rsatdi. Xitoylik polvon ushbu mashqda 200 kg toshni bo‘ysindirib, yangi jahon rekordiga mualliflik qildi. Bu mashqda Jo‘rayev 194 kg, Nurudinov 188 kg natija qayd etishdi.

Siltab ko‘tarish mashqida oltin medal uchun ikki vakilimiz o‘zaro raqobat olib bordi. Yakunda Ruslan Nurudinov 241 kg bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish qatori yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Kumush medal Akbar Jo‘rayevga, bronza medali esa xitoylik Yang Chjega nasib etdi.

Og‘ir atletika, Osiyo chempionati:

Erkaklar, -109 kg:

1. Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston) – 429 (188 + 241) kg

2. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 428 (194 + 234) kg

3. Yang Chje (Xitoy) – 415 (200 + 215).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан